Kirish

Test yaratish: mavzuni yozing, savollar tayyor

Bilgir sunʼiy intellekt yordamida test tuzadi: mavzuni yozasiz, savollar soni, qiyinligi va turini tanlaysiz va javoblari hamda izohlari bilan tayyor test olasiz. Testni chop etasiz, Word qilib yuklab olasiz yoki sinfda jonli oʻyin sifatida oʻtkazasiz.

Bepul test yaratishBepul tarif: har oy 10 kredit, har kuni kirganingizda +2 bonus. 15 tagacha savolli test 3 kredit.

Test qanday tuziladi

  1. Mavzuni yozingTest mavzusini kiriting. Kerak boʻlsa, darslik yoki maʼruza matnini manba qilib bering.
  2. SozlangSavollar sonini (3 tadan 40 tagacha), qiyinligini (oson, oʻrta, qiyin yoki aralash) va savol turlarini tanlang.
  3. FoydalaningTestni chop eting, Word qilib yuklab oling yoki Bilgir Live'da sinf bilan oʻyin qilib oʻtkazing.

Bilgir bilan test tuzishning afzalliklari

6 xil savol turiVariantli savol, toʻgʻri yoki notoʻgʻri, boʻsh joyni toʻldirish, misol bilan (gap yoki parcha tahlili), yozma javob va tartiblash.
Javob va izoh bilanHar bir savolda toʻgʻri javob va qisqa izoh bor: tekshirish va tushuntirish oson.
Jonli oʻyinTalabalar bilgir.uz/play sahifasida PIN kodni kiritib, telefondan qoʻshiladi va javob beradi. Roʻyxatdan oʻtish shart emas.
Manba asosidaPDF, Word (.docx) yoki havola bering: «faqat manbadan» rejimida savollar manbada yozilgan maʼlumotdan tuziladi.

Koʻp soʻraladigan savollar

Bilgir'da test yaratish bepulmi?

Ha, bepul boshlash mumkin. Bepul tarifda har oy 10 kredit va har kuni kirganingizda +2 bonus kredit beriladi. 15 tagacha savolli test 3 kredit, 30 tagacha 5 kredit, 40 tagacha 7 kredit.

Testda nechta savol boʻladi?

3 tadan 40 tagacha: sonini oʻzingiz tanlaysiz.

Testni Word qilib yuklab olsa boʻladimi?

Ha. Word faylida savollar tarqatish uchun alohida, javoblar kaliti esa oxirgi sahifada boʻladi. Testni toʻgʻridan-toʻgʻri chop etish ham mumkin.

Jonli oʻyin qanday oʻtkaziladi?

Testni Bilgir Live'da ishga tushirasiz; talabalar bilgir.uz/play sahifasida PIN kodni kiritib, telefondan javob beradi. Jonli oʻyinlar kredit talab qilmaydi.

Testni oʻzim yozsam boʻladimi?

Ha. Oʻzingiz yozgan test sunʼiy intellektsiz tuziladi va kredit sarflamaydi.

AI tuzgan savollarni tekshirish kerakmi?

Ha. Sunʼiy intellekt xato qilishi mumkin, shuning uchun testni talabalarga berishdan oldin koʻrib chiqing.

Birinchi testingizni hozir tuzing

Email, Google yoki Telegram orqali kiring va mavzuni yozing.