Qoʻllanma

Bilgir'dan qanday foydalaniladi

Har bir boʻlim bir necha qadamdan iborat. Kerakli boʻlimni tanlang yoki ketma-ket oʻqing: 5 daqiqada hammasini bilib olasiz.

🎬 Har bir boʻlimda qisqa video bor: qanday ishlashini koʻring.

🚀Boshlash

Bilgir sunʼiy intellekt yordamida dars materiallarini tayyorlaydi. Siz mavzuni yozasiz, qolganini Bilgir qiladi.

🎬 1 daqiqalik video
  1. Tizimga kiringBosh sahifada email (pochtaga 6 xonali kod keladi), Google yoki Telegram orqali kiring. Parol kerak emas.
  2. Bepul kreditlarni olingBepul tarifda roʻyxatdan oʻtganda bir marta 4 kredit beriladi. Har kuni kirganingizda yana +1 bonus kredit qoʻshiladi.
  3. Kerakli boʻlimni tanlangChap menyuda (telefonda pastki menyuda): Yangi mashgʻulot, Taqdimot, Matn, Test va Jonli oʻyin.
💡Telegramda @bilgiruzbot ni oching va «Bilgir'ni ochish» tugmasini bosing: sayt Telegram ichida ochiladi, alohida kirish shart emas.

📚Mashgʻulot yaratish

Bitta mavzu boʻyicha toʻliq dars toʻplami: dars ishlanmasi va texnologik xarita, taqdimot, test, konspekt, mavzu matni va sinf oʻyinlari.

🎬 1 daqiqalik video
  1. Mavzuni yozing«Yangi mashgʻulot» sahifasida mavzuni yozing yoki «Gʻoyalar»dan birini bosing.
  2. Mashgʻulot turini tanlangMaʼruza, amaliy, seminar yoki laboratoriya. Oʻquv fani, kurs va davomiylikni kiriting.
  3. Nimalar tayyorlansin?Kerakli materiallarni belgilang. Pastda qancha kredit ketishi va taxminiy vaqt koʻrinadi.
  4. «Mashgʻulotni yaratish»ni bosingOdatda 1–3 daqiqa. Bu vaqtda sahifani yopmang.
  5. Koʻrib chiqing va yuklab olingDars ishlanmasi va texnologik xaritani Word, taqdimotni PowerPoint yoki PDF qilib yuklab oling. Barcha mashgʻulotlar «Mashgʻulotlarim»da saqlanadi.
✅Sunʼiy intellekt xato qilishi mumkin. Materialni darsdan oldin albatta koʻrib chiqing.

📊Taqdimot yaratish

Faqat taqdimot kerak boʻlsa: 6 tadan 20 tagacha slayd, oʻzingiz tanlagan uslubda.

🎬 1 daqiqalik video
  1. Mavzu va slaydlarMavzu, fan va kursni yozing, slaydlar sonini va turlarini belgilang.
  2. Uslubni tanlangShablon, kayfiyat, rang va shrift. Xohlasangiz, oʻz rasmlaringizni izohi bilan qoʻshing.
  3. Yuklab olingTayyor taqdimotni PowerPoint (.pptx) yoki PDF qilib yuklab oling yoki toʻliq ekranda koʻrsating.

Taqdimotni tahrirlash

Tayyor taqdimotni xohlaganingizdek oʻzgartirasiz: matn, rasm, dizayn va animatsiya. Kompyuterda ham, telefonda ham.

40 soniyalik video: telefonda tahrirlash
  1. Tahrirlashni ochingTaqdimot sahifasida yoki «Mashgʻulotlarim»dagi kartochkada «Tahrirlash»ni bosing. Muharrir taqdimot.bilgir.uz da ochiladi.
  2. Kerakli narsani bosingMatn, rasm yoki shaklni bosing: uni surish, kattalashtirish va aylantirish mumkin. Sozlamalar kompyuterda slayd ustida, telefonda slayd tagida chiqadi.
  3. Matnni oʻzgartiringKompyuterda matnni yana bir marta bosib yozing. Telefonda «Yozish» tugmasini bosing: slayddagi matnlar katta maydonlarda ochiladi.
  4. Dizayn, element va rasm qoʻshing«Dizayn» butun taqdimot koʻrinishini bir bosishda almashtiradi. «Elementlar», «Matn» va «Rasm» bilan yangi narsalar qoʻshasiz.
  5. Koʻrsating yoki yuklab oling«Koʻrsatish» toʻliq ekranda ochadi. «Ulashish» havola beradi, «Yuklab olish» PowerPoint yoki PDF qiladi.
Har bir oʻzgarish oʻzi saqlanadi. Biror narsa yoqmasa, «Tarix» orqali slaydni yoki butun taqdimotni asl holiga qaytarasiz.

📝Test yaratish va chop etish

Har qanday mavzudan 3 tadan 40 tagacha savolli test: javoblar va izohlar bilan.

🎬 1 daqiqalik video
  1. Mavzuni yozing«Test yaratish» sahifasida mavzu, fan va kursni kiriting.
  2. Savollarni sozlangSavollar soni, qiyinlik (oson, oʻrta, qiyin yoki aralash) va savol turlarini tanlang.
  3. Testdan foydalaning«Chop etish» bilan qogʻozga yoki PDF qilib chiqaring, oʻquvchi va talabalarga mashq qildiring yoki jonli oʻyin qilib oʻtkazing.
🖨️Chop etish oynasida «PDF sifatida saqlash»ni tanlasangiz, testni PDF fayl qilib olasiz. Javoblar kaliti alohida sahifada chiqadi.

🎮Jonli oʻyin oʻtkazish

Sinf bilan test oʻyini: savollar katta ekranda, oʻquvchi va talabalar telefonidan javob beradi. Oʻyinni oʻtkazish bepul.

🎬 1,5 daqiqalik video: oʻqituvchi ekrani va ishtirokchi telefoni
  1. Testni tanlang«Jonli oʻyin» sahifasida tayyor testlaringizdan birini tanlang, mavzudan yangi oʻyin yarating yoki savollarni oʻzingiz yozing.
  2. Rejimni tanlangPoyga, arqon tortish, bingo, millioner va boshqa rejimlar bor.
  3. Ishtirokchilar qoʻshiladiEkranni sinfga koʻrsating. Ishtirokchilar telefonda bilgir.uz/play sahifasini ochib, PIN kodni kiritadi yoki QR kodni skanerlaydi. Roʻyxatdan oʻtish shart emas.
  4. BoshlangTez va toʻgʻri javob koʻproq ball keltiradi. Oxirida peshqadamlar jadvali va gʻoliblar chiqadi.
🧠Zakovat va Soʻz qidiruv oʻyinlari uchun ishtirokchilarga telefon kerak emas: jamoalar katta ekran oldida bellashadi.

📄Matn yaratish

Maʼruza matni, qoʻllanma boʻlimi yoki maqola: sarlavhalar, taʼriflar, misollar, jadvallar va nazorat savollari bilan.

🎬 1 daqiqalik video
  1. Mavzu va hajmMavzuni yozing va hajmni tanlang: qisqa, oʻrtacha, batafsil yoki toʻliq.
  2. Yarating va yuklab olingTayyor matnni Word fayl qilib yuklab oling va xohlaganingizcha tahrirlang.

📎Oʻz manbangiz asosida

Darslik, maqola yoki maʼruza matningiz boʻlsa, Bilgir aynan shu manbaga tayanib yozadi.

🎬 1 daqiqalik video
  1. Manbani qoʻshingYaratish sahifasidagi «Manba» qismida PDF, Word (.docx) yoki matn faylini yuklang yoki sahifa havolasini bering.
  2. Huquqni tasdiqlang«Bu materialdan foydalanish huquqim bor» belgisini qoʻying.
  3. Izoh yozing«Izoh» maydonida nimaga eʼtibor berish kerakligini yozing, masalan: koʻproq badiiy adabiyotdan misol.
📖Badiiy asar boʻyicha dars yoki test tuzayotgan boʻlsangiz, asar matnini manba qilib bering: shunda savollar asar voqealari va qahramonlariga mos boʻladi.

💳Kreditlar va tariflar

Har bir tayyor material uchun kredit yechiladi. Generatsiya xato bilan tugasa, kredit olinmaydi.

🎬 45 soniyalik video
  1. NarxlarTaqdimot 4 kredit, test 3 kreditdan, toʻliq mashgʻulot koʻpi bilan 10 kredit. Narx yaratish tugmasi yonida oldindan koʻrinadi.
  2. Bepul kreditlarHar kuni kirganingizda +2 kredit. Bonuslar yigʻilib boradi va kuymaydi.
  3. Hamkasblarni taklif qiling«Profil» sahifasidagi havolangizni yuboring: u orqali roʻyxatdan oʻtgan har bir oʻqituvchi uchun sizga +3 kredit.
  4. Tarif sotib olish«Tarif va kreditlar» sahifasida tarif yoki paketni tanlang: karta raqami va summa shu yerda chiqadi. Kartaga oʻtkazing va chekni sahifada yuklang (yoki @bilgiruzbot botiga yuboring); administrator tasdiqlagach tarif yoqiladi.
🎮Jonli oʻyin, Zakovat va Soʻz qidiruvni oʻtkazish bepul. Oʻzingiz yozgan test ham kreditsiz.

Koʻp soʻraladigan savollar

Materiallar qaysi tilda yoziladi?

Oʻzbek, rus yoki ingliz tilida: yaratish sahifasida tilni tanlaysiz. Saytning oʻzi lotin, kirill, rus va ingliz tillarida ishlaydi.

Yaratilgan materialni tahrirlasa boʻladimi?

Ha. Word va PowerPoint fayllarini yuklab olib, xohlaganingizcha tahrirlang.

Generatsiya juda uzoq davom etyapti. Nima qilay?

Odatda 1–3 daqiqa ketadi. Sahifani yopmang va internet ulanganini tekshiring. Xato chiqsa, qayta urinib koʻring: xato bilan tugagan generatsiya uchun kredit olinmaydi.

Telegramda Google orqali kirish nega yoʻq?

Google oʻz sahifasini Telegram ichida ochishga ruxsat bermaydi. Telegram ichida Bilgir sizni Telegram hisobingiz bilan avtomatik kiritadi.

Materialni qanday baholayman?

Mashgʻulot sahifasining oxirida yulduzcha bilan baho bering va izoh yozing: bu Bilgirni yaxshilashga yordam beradi.

Savolingizga javob topmadingizmi? Bilgir jamoasiga yozing, tez orada javob beramiz.

Yordam: savol yozish