Dars ishlanmasi: mavzuni yozing, mashgʻulot tayyor
Bilgir mashgʻulot turi va davomiyligiga mos dars ishlanmasini texnologik xaritasi bilan tayyorlaydi. Unga taqdimot, test, konspekt va sinf oʻyinlarini qoʻshib, toʻliq mashgʻulot toʻplamini bir yoʻla olasiz.
Dars ishlanmasi qanday tayyorlanadi
- Mavzuni yozingMashgʻulot mavzusini, fan va kursni kiriting. Kerak boʻlsa, manba sifatida darslik yoki maʼruza matnini bering.
- Mashgʻulotni sozlangTurini (maʼruza, amaliy, seminar yoki laboratoriya), davomiyligini (20 daqiqadan 180 daqiqagacha) va kerakli materiallarni tanlang.
- Darsga tayyorlaningIshlanmani koʻrib chiqing, chop eting, taqdimotni ekranda koʻrsating va oʻyinlarni sinf bilan oʻynang.
Bilgir bilan dars ishlanmasi tayyorlashning afzalliklari
Koʻp soʻraladigan savollar
Dars ishlanmasi tayyorlash bepulmi?
Ha, bepul boshlash mumkin. Bepul tarifda har oy 10 kredit va har kuni kirganingizda +2 bonus kredit beriladi. Dars ishlanmasi 4 kredit, ishlanma, taqdimot, test va oʻyinlardan iborat toʻliq toʻplam koʻpi bilan 10 kredit.
Qaysi mashgʻulot turlari uchun?
Maʼruza, amaliy mashgʻulot, seminar va laboratoriya mashgʻuloti uchun. Davomiylik 20 daqiqadan 180 daqiqagacha.
Texnologik xarita ham tayyorlanadimi?
Ha, dars ishlanmasi texnologik xaritasi bilan birga tayyorlanadi.
Qaysi interfaol metodlar qoʻllanadi?
Aqliy hujum, Klaster, Venn diagrammasi, Keys-stadi, BBB jadvali, Insert, Zinama-zina, Bahs-munozara, Kichik guruhlarda ishlash, Muammoli vaziyat, Bumerang va FSMU. Har bir mashgʻulot uchun ulardan bir nechtasi tanlanadi.
Materiallarni qanday saqlayman?
Texnologik xarita, konspekt va mavzu matnini Word qilib yuklab olasiz yoki chop etasiz; taqdimotni PowerPoint (.pptx) yoki PDF qilib. Dars ishlanmasi ekranda koʻrsatiladi. Barcha mashgʻulotlar hisobingizda saqlanadi.
AI tayyorlagan ishlanmani tekshirish kerakmi?
Ha. Sunʼiy intellekt xato qilishi mumkin, shuning uchun materialni darsdan oldin koʻrib chiqing va pedagog sifatida tasdiqlang.
Birinchi dars ishlanmangizni hozir tayyorlang
Email, Google yoki Telegram orqali kiring va mavzuni yozing.