Kirish

Soʻz qidiruv: soʻzlar jadvalda, sinf izlaydi

Bilgir mavzu boʻyicha soʻzlarni harflar jadvaliga yashiradi: soʻzlar gorizontal va vertikal yoʻnalishda boradi, qiyinroq darajada esa ilondek burilib davom etadi. Jadval ekranda chiqadi, sinf jamoalarga boʻlinib soʻzlarni topadi.

Bepul soʻz qidiruv tuzishBepul tarif: har oy 10 kredit, har kuni kirganingizda +2 bonus. Soʻz qidiruv oʻyini kredit sarflamaydi.

Soʻz qidiruv qanday tuziladi

  1. Soʻzlarni bering3 tadan 15 tagacha soʻzni oʻzingiz yozing, mavzuni kiriting (AI soʻzlarni tanlaydi) yoki saqlangan testning javoblaridan foydalaning.
  2. SozlangJadval oʻlchami (8×8 dan 14×14 gacha), qiyinlik, jamoalar soni (2–4) va vaqtni (cheklovsiz, 3, 5 yoki 10 daqiqa) tanlang.
  3. Sinf bilan oʻynangJadvalni ekranda koʻrsating va jamoalar bilan soʻzlarni izlang. Soʻzlar roʻyxatini koʻrsatish yoki yashirish mumkin.

Bilgir'dagi soʻz qidiruvning afzalliklari

Uch xil qiyinlikOson: soʻzlar toʻgʻri chiziqda. Oʻrta: 1–2 marta buriladi. Qiyin: 3 va undan koʻp burilish, soʻz ilondek.
Oʻzbek harflari bilanOʻ, gʻ, sh va ch bitta katakka yoziladi. Oʻzbek (lotin va kirill), rus va ingliz alifbolari.
Soʻzlarni AI tanlaydiMavzuni yozing: AI mavzuga oid soʻzlarni tanlaydi. Bu ham kredit sarflamaydi.
Dars bilan birgaMashgʻulotga «Soʻz qidirish» oʻyinini qoʻshsangiz, AI mavzu boʻyicha 8–10 ta soʻz tanlaydi (1 kredit).

Koʻp soʻraladigan savollar

Soʻz qidiruv bepulmi?

Ha. Soʻz qidiruv oʻyini kredit sarflamaydi: soʻzlarni oʻzingiz yozsangiz ham, AI tanlasa ham. AI bilan kuniga 30 tagacha soʻz roʻyxati tuzish mumkin.

Soʻzlar jadvalda qanday joylashadi?

Gorizontal va vertikal yoʻnalishda, diagonal emas. Oʻrta va qiyin darajada soʻz burilib davom etadi.

Nechta soʻz qoʻshsa boʻladi?

3 tadan 15 tagacha; har bir soʻz 3–14 harfdan iborat boʻladi.

Qaysi tillarda?

Oʻzbek (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida.

Jadvalni chop etsa boʻladimi?

Yoʻq, soʻz qidiruv ekranda sinf bilan birga oʻynash uchun moʻljallangan.

Boshqa qanday sinf oʻyinlari bor?

Krossvord, moslashtirish, anagramma va boshqa mashgʻulot oʻyinlari, Bilgir Live jonli viktorinasi va Zakovat.

Birinchi soʻz qidiruv oʻyiningizni hozir tuzing

Email, Google yoki Telegram orqali kiring va mavzuni yozing.