Slayd yaratish: mavzuni yozing, taqdimot tayyor
Bilgir sunʼiy intellekt yordamida taqdimot tayyorlaydi: mavzuni yozasiz, uslubni tanlaysiz va bir necha daqiqada 6–20 slaydli taqdimot olasiz. Slaydlar oʻzbek tilida yoziladi; ularni PowerPoint (.pptx) yoki PDF qilib yuklab olasiz.
Slayd qanday yaratiladi
- Mavzuni yozingTaqdimot mavzusini, fan va kursni kiriting. Xohlasangiz izoh qoʻshing: nimaga eʼtibor berish kerakligini.
- Uslubni tanlangShablon, kayfiyat, rang va shriftni tanlang, slaydlar sonini belgilang: 6 tadan 20 tagacha.
- Yuklab olingTayyor slaydlarni koʻrib chiqing va PowerPoint (.pptx) yoki PDF qilib yuklab oling yoki darsda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsating.
Nima uchun Bilgir bilan taqdimot tayyorlash qulay
Koʻp soʻraladigan savollar
Bilgir'da slayd yaratish bepulmi?
Ha, bepul boshlash mumkin. Bepul tarifda har oy 10 kredit va har kuni kirganingizda +2 bonus kredit beriladi. Bitta taqdimot 4 kredit turadi.
Taqdimotni qaysi formatda yuklab olaman?
PowerPoint (.pptx) yoki PDF. PowerPoint faylida har bir slayd rasm sifatida saqlanadi, shuning uchun dizayn istalgan kompyuterda bir xil koʻrinadi.
Taqdimotda nechta slayd boʻladi?
6 tadan 20 tagacha: sonini oʻzingiz tanlaysiz.
Qaysi tillarda slayd yaratish mumkin?
Oʻzbek, rus va ingliz tillarida.
Oʻz matnim yoki kitobimdan slayd yasay olamanmi?
Ha. PDF, Word (.docx) yoki matn faylini, yoxud sahifa havolasini manba qilib bering: slaydlar shu manba asosida tayyorlanadi. Oʻz rasmlaringizni ham qoʻshishingiz mumkin.
AI yaratgan slaydlarni tekshirish kerakmi?
Ha. Sunʼiy intellekt xato qilishi mumkin, shuning uchun taqdimotni darsdan oldin koʻrib chiqing.
Birinchi taqdimotingizni hozir yarating
Email, Google yoki Telegram orqali kiring va mavzuni yozing.