Kirish

Prezentatsiya tayyorlash: bosqichma-bosqich qoʻllanma

Yaxshi prezentatsiya chiroyli slaydlardan emas, aniq maqsad va puxta rejadan boshlanadi. Quyida prezentatsiyani noldan tayyorlash bosqichlari va vaqtni tejash uchun sunʼiy intellektdan qanday foydalanish haqida.

Prezentatsiya yaratishBepul tarif: har oy 5 kredit, har kuni kirganingizda +1 bonus. Bitta taqdimot 4 kredit.

1. Maqsadni aniqlang

Prezentatsiyadan keyin tinglovchi nimani bilishi yoki qila olishi kerak? Buni bitta gapda yozing, masalan: «Oʻquvchilar fotosintez bosqichlarini ajrata oladi». Qolgan hamma narsa shu maqsadga xizmat qiladi.

2. Tinglovchini hisobga oling

5-sinf oʻquvchisi, talaba yoki hamkasblar uchun prezentatsiya turlicha boʻladi: soʻzlar, misollar va slaydlar soni shunga qarab tanlanadi.

3. Reja tuzing

4. Slaydlarni yozing

Har bir slaydga bitta fikr. Sarlavha shu fikrni aytsin, matn esa qisqa boʻlsin: 3–5 qator yetarli. Uzun tushuntirishni slaydga emas, nutqqa qoldiring.

Mazmunga mos shakl tanlang: taqqoslash uchun jadval, sanalar uchun vaqt chizigʻi, bogʻliq atamalar uchun tushunchalar xaritasi.

5. Dizaynni oddiy qiling

6. Nutqni tayyorlang va mashq qiling

Har bir slayd uchun nima deyishingizni oldindan belgilang va prezentatsiyani bir marta ovoz chiqarib oʻtkazing: vaqt yetadimi, slayddan slaydga oʻtish tabiiymi.

Sunʼiy intellekt bilan tezroq

Bilgir 3–5-bosqichlarni siz uchun bajaradi: mavzuni yozasiz, slaydlar soni va turlarini, uslubni tanlaysiz va bir necha daqiqada tayyor prezentatsiya olasiz. Siz esa maqsad, tekshirish va nutqqa koʻproq vaqt ajratasiz.

Batafsil: slayd yaratish, dars uchun taqdimot: 10 ta maslahat va telefonda slayd tayyorlash.

Koʻp soʻraladigan savollar

Prezentatsiyada nechta slayd boʻlishi kerak?

Qatʼiy qoida yoʻq: odatda bir slaydga 1–2 daqiqa toʻgʻri keladi. 15 daqiqalik chiqish uchun 8–12 slayd yetarli.

Prezentatsiya va taqdimot bir narsami?

Ha. Ikkala soʻz ham ishlatiladi: «taqdimot» prezentatsiyaning oʻzbekcha nomi.

Prezentatsiyani bepul tayyorlasa boʻladimi?

Ha, bepul boshlash mumkin. Bepul tarifda har oy 5 kredit va har kuni kirganingizda +1 bonus kredit beriladi. Bitta taqdimot 4 kredit turadi.

Prezentatsiyangizni hozir tayyorlang

Email, Google yoki Telegram orqali kiring va mavzuni yozing.