Telefonda slayd tayyorlash: ilova oʻrnatmasdan
Telefonda slayd tayyorlash uchun PowerPoint yoki boshqa ilova oʻrnatish shart emas. Bilgir'da mavzuni yozasiz, sunʼiy intellekt slaydlarni tayyorlaydi, siz esa tayyor taqdimotni PowerPoint (.pptx) yoki PDF qilib yuklab olasiz.
Ikki yoʻl: sayt yoki Telegram bot
Telefonda Bilgir'dan ikki xil foydalanish mumkin:
- Brauzerda bilgir.uz saytini oching, Email, Google yoki Telegram orqali kiring va «Taqdimot»ni tanlang. Bu yerda barcha sozlamalar bor: slaydlar soni va turlari, shablon, rang, rasmlar va manba fayli.
- Telegram'da @bilgiruzbot botini oching va mavzuni yozing. Bot taqdimot kim uchun ekanini soʻraydi, keyin uni tayyorlab, «PowerPoint», «PDF» va «Ochish» tugmalarini yuboradi.
Tez kerak boʻlsa, bot qulay. Slayd turlari, shablon, rang va rasmlarni oʻzingiz tanlamoqchi boʻlsangiz, saytdan foydalaning.
Saytda bosqichma-bosqich
- bilgir.uz saytini oching va kiring.
- «Taqdimot» boʻlimida mavzuni, fan va kursni yozing.
- Slaydlar sonini (6 tadan 20 tagacha) va kerakli slayd turlarini belgilang.
- Uslubni tanlang: shablon, kayfiyat, rang va shrift.
- Tayyor slaydlarni koʻrib chiqing va PowerPoint yoki PDF qilib yuklab oling.
Yuklab olingan faylni telefonda ochish
PDF faylni telefonning oʻzida ochish mumkin. PowerPoint (.pptx) faylini Microsoft PowerPoint yoki Google Slides ilovasida ochasiz. Bilgir'ning PowerPoint faylida har bir slayd rasm sifatida saqlanadi, shuning uchun dizayn istalgan qurilmada bir xil koʻrinadi.
Darsda taqdimotni toʻgʻridan-toʻgʻri Bilgir'dan ham koʻrsatish mumkin: buning uchun faylni yuklab olish shart emas.
Maslahatlar
- Mavzuni toʻliq yozing: fan, sinf yoki kurs bilan.
- Telefonda koʻp yozish noqulay boʻlsa, darslik sahifasini havola yoki PDF qilib bering: slaydlar shu manba asosida tayyorlanadi.
- Taqdimotni darsdan oldin koʻrib chiqing: sunʼiy intellekt xato qilishi mumkin.
Batafsil: Bilgir'da slayd yaratish va dars uchun taqdimot: 10 ta maslahat.
Koʻp soʻraladigan savollar
Telefonda slayd tayyorlash bepulmi?
Ha, bepul boshlash mumkin. Bepul tarifda har oy 5 kredit va har kuni kirganingizda +1 bonus kredit beriladi. Bitta taqdimot 4 kredit turadi.
Qaysi telefonlarda ishlaydi?
Android va iPhone'da: Bilgir brauzerda va Telegram'da ishlaydi, alohida ilova kerak emas.
Telefoningizda birinchi taqdimotni yarating
Email, Google yoki Telegram orqali kiring va mavzuni yozing.