Kirish

Onlayn viktorina: talabalar telefondan javob beradi

Bilgir Live sinf uchun jonli test oʻyini. Savollar ekranda chiqadi, talabalar bilgir.uz/play sahifasida PIN kodni kiritib, telefondan javob beradi. Tez va toʻgʻri javob koʻproq ball keltiradi, savollar orasida peshqadamlar jadvali koʻrinadi.

Bepul viktorina boshlashBepul tarif: har oy 10 kredit, har kuni kirganingizda +2 bonus. Oʻyin oʻtkazish kreditsiz; AI tuzgan 15 tagacha savolli test 3 kredit.

Onlayn viktorina qanday oʻtkaziladi

  1. Testni tanlangSaqlangan testni yoki mashgʻulot testini oling, yoxud mavzuni yozing: AI 10, 15 yoki 20 ta savol tuzadi. Testni oʻzingiz ham yozishingiz mumkin.
  2. Oʻyinni boshlangOʻyin rejimini va har bir savol vaqtini (10 dan 60 soniyagacha) tanlang. Ekranda PIN kod va QR kod chiqadi.
  3. Talabalar qoʻshiladiTalabalar bilgir.uz/play sahifasida PIN kodni kiritadi yoki QR kodni skanerlaydi, ismini yozadi va telefondan javob beradi.

Bilgir Live'ning imkoniyatlari

8 xil oʻyin rejimiKlassik, Jamoaviy (2–4 jamoa), Poyga, Omon qolish, Xazina, Arqon tortish, Bingo va Millioner.
150 kishigachaBir oʻyinga 150 tagacha talaba qoʻshiladi. Roʻyxatdan oʻtish va ilova oʻrnatish shart emas.
Telegram orqaliOʻyin havolasini Telegram'da ulashing: talabalar oʻyinni Telegram ichida ochib qoʻshiladi.
Soʻz buluti va soʻrovnomaToʻgʻri javobi yoʻq faoliyatlar: talabalar soʻz yuboradi yoki variant tanlaydi, natija ekranda jonli koʻrinadi.

Koʻp soʻraladigan savollar

Onlayn viktorina oʻtkazish bepulmi?

Ha, Bilgir Live'da oʻyin oʻtkazish kredit talab qilmaydi. Kredit faqat AI tuzgan test uchun yechiladi: 15 tagacha savol 3 kredit, 30 tagacha 5 kredit. Oʻzingiz yozgan test kreditsiz. Bepul tarifda har oy 10 kredit va har kuni +2 bonus beriladi.

Talabalar roʻyxatdan oʻtishi kerakmi?

Yoʻq. Talaba bilgir.uz/play sahifasida PIN kodni kiritadi va ismini yozadi, shu bilan oʻyinga qoʻshiladi.

Bir oʻyinga necha kishi qoʻshila oladi?

150 kishigacha.

Qanday savol turlari bor?

Variantli savol, toʻgʻri yoki notoʻgʻri, boʻsh joyni toʻldirish, misol bilan, yozma javob va tartiblash. Yozma javobda 5 va undan uzun soʻzlarda bitta harf xatosi kechiriladi.

Bu Kahoot'ga oʻxshaydimi?

Gʻoyasi oʻxshash: savollar ekranda, javoblar telefonda, tez javob koʻproq ball. Bilgir'da esa testni mavzu boʻyicha AI tuzib beradi, oʻyin oʻzbek tilida oʻtadi.

Telefonsiz oʻynasa boʻladimi?

Ha, Zakovat oʻyinida: sinf ikki jamoaga boʻlinadi, savollar faqat ekranda chiqadi, javobni oʻqituvchi baholaydi.

Birinchi onlayn viktorinangizni hozir oʻtkazing

Email, Google yoki Telegram orqali kiring va mavzuni yozing.