Bilgir'dan qanday foydalaniladi
Har bir boʻlim bir necha qadamdan iborat. Kerakli boʻlimni tanlang yoki ketma-ket oʻqing: 5 daqiqada hammasini bilib olasiz.
🎬 Har bir boʻlimda qisqa video bor: qanday ishlashini koʻring.
🚀Boshlash
Bilgir sunʼiy intellekt yordamida dars materiallarini tayyorlaydi. Siz mavzuni yozasiz, qolganini Bilgir qiladi.
- Tizimga kiringBosh sahifada email (pochtaga 6 xonali kod keladi), Google yoki Telegram orqali kiring. Parol kerak emas.
- Bepul kreditlarni olingBepul tarifda har oy 10 kredit beriladi. Har kuni kirganingizda yana +2 bonus kredit qoʻshiladi.
- Kerakli boʻlimni tanlangChap menyuda (telefonda pastki menyuda): Yangi mashgʻulot, Taqdimot, Matn, Test va Jonli oʻyin.
📚Mashgʻulot yaratish
Bitta mavzu boʻyicha toʻliq dars toʻplami: dars ishlanmasi va texnologik xarita, taqdimot, test, konspekt, mavzu matni va sinf oʻyinlari.
- Mavzuni yozing«Yangi mashgʻulot» sahifasida mavzuni yozing yoki «Gʻoyalar»dan birini bosing.
- Mashgʻulot turini tanlangMaʼruza, amaliy, seminar yoki laboratoriya. Oʻquv fani, kurs va davomiylikni kiriting.
- Nimalar tayyorlansin?Kerakli materiallarni belgilang. Pastda qancha kredit ketishi va taxminiy vaqt koʻrinadi.
- «Mashgʻulotni yaratish»ni bosingOdatda 1–3 daqiqa. Bu vaqtda sahifani yopmang.
- Koʻrib chiqing va yuklab olingDars ishlanmasi va texnologik xaritani Word, taqdimotni PowerPoint yoki PDF qilib yuklab oling. Barcha mashgʻulotlar «Mashgʻulotlarim»da saqlanadi.
📊Taqdimot yaratish
Faqat taqdimot kerak boʻlsa: 6 tadan 20 tagacha slayd, oʻzingiz tanlagan uslubda.
- Mavzu va slaydlarMavzu, fan va kursni yozing, slaydlar sonini va turlarini belgilang.
- Uslubni tanlangShablon, kayfiyat, rang va shrift. Xohlasangiz, oʻz rasmlaringizni izohi bilan qoʻshing.
- Yuklab olingTayyor taqdimotni PowerPoint (.pptx) yoki PDF qilib yuklab oling yoki toʻliq ekranda koʻrsating.
📝Test yaratish va chop etish
Har qanday mavzudan 3 tadan 40 tagacha savolli test: javoblar va izohlar bilan.
- Mavzuni yozing«Test yaratish» sahifasida mavzu, fan va kursni kiriting.
- Savollarni sozlangSavollar soni, qiyinlik (oson, oʻrta, qiyin yoki aralash) va savol turlarini tanlang.
- Testdan foydalaning«Chop etish» bilan qogʻozga yoki PDF qilib chiqaring, talabalarga mashq qildiring yoki jonli oʻyin qilib oʻtkazing.
🎮Jonli oʻyin oʻtkazish
Sinf bilan test oʻyini: savollar katta ekranda, talabalar telefonidan javob beradi. Oʻyinni oʻtkazish bepul.
- Testni tanlang«Jonli oʻyin» sahifasida tayyor testlaringizdan birini tanlang, mavzudan yangi oʻyin yarating yoki savollarni oʻzingiz yozing.
- Rejimni tanlangPoyga, arqon tortish, bingo, millioner va boshqa rejimlar bor.
- Talabalar qoʻshiladiEkranni sinfga koʻrsating. Talabalar telefonda bilgir.uz/play sahifasini ochib, PIN kodni kiritadi yoki QR kodni skanerlaydi. Roʻyxatdan oʻtish shart emas.
- BoshlangTez va toʻgʻri javob koʻproq ball keltiradi. Oxirida peshqadamlar jadvali va gʻoliblar chiqadi.
📄Matn yaratish
Maʼruza matni, qoʻllanma boʻlimi yoki maqola: sarlavhalar, taʼriflar, misollar, jadvallar va nazorat savollari bilan.
- Mavzu va hajmMavzuni yozing va hajmni tanlang: qisqa, oʻrtacha, batafsil yoki toʻliq.
- Yarating va yuklab olingTayyor matnni Word fayl qilib yuklab oling va xohlaganingizcha tahrirlang.
📎Oʻz manbangiz asosida
Darslik, maqola yoki maʼruza matningiz boʻlsa, Bilgir aynan shu manbaga tayanib yozadi.
- Manbani qoʻshingYaratish sahifasidagi «Manba» qismida PDF, Word (.docx) yoki matn faylini yuklang yoki sahifa havolasini bering.
- Huquqni tasdiqlang«Bu materialdan foydalanish huquqim bor» belgisini qoʻying.
- Izoh yozing«Izoh» maydonida nimaga eʼtibor berish kerakligini yozing, masalan: koʻproq badiiy adabiyotdan misol.
💳Kreditlar va tariflar
Har bir tayyor material uchun kredit yechiladi. Generatsiya xato bilan tugasa, kredit olinmaydi.
- NarxlarTaqdimot 4 kredit, test 3 kreditdan, toʻliq mashgʻulot koʻpi bilan 10 kredit. Narx yaratish tugmasi yonida oldindan koʻrinadi.
- Bepul kreditlarHar kuni kirganingizda +2 kredit. Bonuslar yigʻilib boradi va kuymaydi.
- Hamkasblarni taklif qiling«Profil» sahifasidagi havolangizni yuboring: u orqali roʻyxatdan oʻtgan har bir oʻqituvchi uchun sizga +3 kredit.
- Tarif sotib olish«Tarif va kreditlar» sahifasida tarifni tanlang: @bilgiruzbot karta raqami va summani yuboradi. Toʻlab, chekni botga yuboring, administrator tasdiqlagach tarif yoqiladi.
Koʻp soʻraladigan savollar
Materiallar qaysi tilda yoziladi?
Oʻzbek, rus yoki ingliz tilida: yaratish sahifasida tilni tanlaysiz. Saytning oʻzi lotin, kirill, rus va ingliz tillarida ishlaydi.
Yaratilgan materialni tahrirlasa boʻladimi?
Ha. Word va PowerPoint fayllarini yuklab olib, xohlaganingizcha tahrirlang.
Generatsiya juda uzoq davom etyapti. Nima qilay?
Odatda 1–3 daqiqa ketadi. Sahifani yopmang va internet ulanganini tekshiring. Xato chiqsa, qayta urinib koʻring: xato bilan tugagan generatsiya uchun kredit olinmaydi.
Telegramda Google orqali kirish nega yoʻq?
Google oʻz sahifasini Telegram ichida ochishga ruxsat bermaydi. Telegram ichida Bilgir sizni Telegram hisobingiz bilan avtomatik kiritadi.
Materialni qanday baholayman?
Mashgʻulot sahifasining oxirida yulduzcha bilan baho bering va izoh yozing: bu Bilgirni yaxshilashga yordam beradi.
Savolingizga javob topmadingizmi? Bilgir jamoasiga yozing, tez orada javob beramiz.
Yordam: savol yozish