Ommaviy oferta: Bilgir platformasidan foydalanish shartlari

Versiya Eʼlon qilingan:

Ushbu hujjat Bilgir platformasidan foydalanish shartlari boʻyicha ommaviy oferta. Foydalanuvchi uni birinchi kirishda «Qabul qilaman» belgisini qoʻyib qabul qiladi va shundan soʻng u Operator bilan tuzilgan shartnoma kuchiga ega boʻladi.

Qisqacha: yuklagan manbalaringiz uchun javobgarlik sizda; Operator ulardan faqat xizmat koʻrsatish uchun foydalanadi va hech kimga bermaydi; platforma faqat kirish uchun zarur eng kam maʼlumotni saqlaydi (6-boʻlim); tayyor materiallardan taʼlim faoliyatingizda erkin foydalanasiz; sunʼiy intellekt xato qilishi mumkin, shuning uchun darsdan oldin tekshiring. Material tayyorlash kreditlar bilan hisoblanadi: bepul tarifda har oy 10 kredit va har kuni kirganingizda +2 bonus kredit; toʻlangan summa qaytarilmaydi (8-boʻlim).

1. Umumiy qoidalar va atamalar

1.1. Ushbu oferta Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ommaviy oferta va aksept toʻgʻrisidagi qoidalariga muvofiq eʼlon qilinadi.

1.2. Atamalar:

1.3. Aksept. Foydalanuvchi Platformaga birinchi marta kirganda oferta matni bilan tanishib, «Oferta shartlarini qabul qilaman» belgisini qoʻyadi. Bu harakat ofertaning toʻliq va soʻzsiz qabul qilinishi hisoblanadi. Qabul qilingan sana va oferta versiyasi Platformada saqlanadi.

1.4. Ishtirokchilar «Jonli oʻyin»ga qoʻshilish orqali ushbu ofertaning 6-boʻlimidagi shartlarga rozilik bildiradi.

2. Xizmat tavsifi

2.1. Platforma Foydalanuvchiga oʻquv materiallarini oʻzbek, rus yoki ingliz tilida sunʼiy intellekt yordamida tayyorlash, koʻrsatish, chop etish va sinfda «Jonli oʻyin» oʻtkazish imkonini beradi.

2.2. Xizmat tariflar asosida koʻrsatiladi (8-boʻlim).

2.3. Platforma «boricha» (as is) koʻrsatiladi. Operator texnik ishlar, uchinchi tomon xizmatlaridagi uzilishlar yoki sunʼiy intellekt provayderi limitlari sabab xizmat vaqtincha toʻxtashi uchun javobgar emas.

3. Hisob qaydnomasi

3.1. Foydalanuvchi email (bir martalik kod), Google yoki Telegram orqali roʻyxatdan oʻtadi. Foydalanuvchi kirish maʼlumotlarini boshqa shaxslarga bermaydi. 16 yoshga toʻlmagan shaxs Platformadan ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan foydalanadi.

3.2. Bir hisobdan bir vaqtda koʻpi bilan ikkita qurilmada foydalanish mumkin. Uchinchi qurilmadan kirilganda eng eski sessiya avtomatik yopiladi.

3.3. Hisobdan uchinchi shaxslar foydalanganligi aniqlansa, ofertaning 4-boʻlimi buzilsa yoki qonun talab qilsa, Operator hisobni bloklashi mumkin.

3.4. Foydalanuvchi hisobidan boshqa shaxs foydalanayotganidan shubha qilsa, «Profil» sahifasida boshqa qurilmalardagi sessiyalarni yakunlaydi yoki administratorga murojaat qiladi.

4. Mualliflik huquqi

Yuklangan manbalar uchun javobgarlik Foydalanuvchida; Operator manbalardan faqat xizmat koʻrsatish uchun foydalanadi, tayyor Materiallardan esa Foydalanuvchi taʼlim faoliyatida erkin foydalanadi.

4.1. Platformaga boʻlgan huquqlar

Platformaning dasturiy taʼminoti, dizayni, taqdimot shablonlari, logotipi, «Bilgir» nomi va boshqa elementlariga boʻlgan huquqlar Operatorga tegishli. Foydalanuvchi ularni nusxalamaydi, qayta sotmaydi va ulardan alohida mahsulot yaratmaydi.

4.2. Yuklangan manbalar: Foydalanuvchining kafolatlari

Foydalanuvchi har bir manbani (fayl, matn, rasm) yuklash yoki kiritish orqali quyidagilarni kafolatlaydi:

  1. U manbaning muallifi yoki huquq egasi, yoki
  2. Huquq egasining ruxsati bor, yoki
  3. Foydalanish qonun ruxsat bergan holatga kiradi. «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonunning (OʻRQ-42, 20.07.2006) 26-moddasiga koʻra, eʼlon qilingan asardan muallif va manba koʻrsatilgan holda maqsadga mos hajmda iqtibos keltirish va uni taʼlim nashrlarida misol sifatida ishlatish mumkin.

Manbani yuklashda Foydalanuvchi «Bu materialdan foydalanish huquqim bor» belgisini qoʻyadi. Bu belgi yuqoridagi kafolatni har bir yuklash uchun alohida tasdiqlaydi.

Uchinchi shaxs manba yuzasidan daʼvo qilsa, Foydalanuvchi uni oʻzi mustaqil hal qiladi va shu sababli Operatorga yetkazilgan zararni qoplaydi.

4.3. Operatorga beriladigan ruxsat

Foydalanuvchi Operatorga manbalardan quyidagi maqsadlarda bepul, mutlaq boʻlmagan foydalanish huquqini beradi: saqlash, matnini ajratib olish, sunʼiy intellekt provayderiga yuborish, Material tayyorlash va uni Foydalanuvchiga koʻrsatish. Bu huquq manba yoki tegishli Material oʻchirilguncha amal qiladi.

Operator manbalarni boshqa foydalanuvchilarga koʻrsatmaydi, sotmaydi, tarqatmaydi va oʻz sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish uchun ishlatmaydi. Uchinchi tomon provayderlariga yuborilgan maʼlumotlar haqida 6-boʻlimga qarang.

4.4. Tayyor Materiallar

Platforma tayyorlagan Materiallardan Foydalanuvchi oʻz taʼlim faoliyatida erkin foydalanadi: darsda koʻrsatadi, chop etadi, talabalarga tarqatadi, tahrirlaydi va metodik ishlarida keltiradi. Operator Materiallarga mualliflik daʼvosini qilmaydi.

Materiallarda boshqa mualliflar asarlaridan parchalar (sheʼr, iqtibos, misol) boʻlishi mumkin. Ularni nashr etishda yoki tijorat maqsadida ishlatishda muallif va manbani koʻrsatish Foydalanuvchining zimmasida.

Sunʼiy intellekt matni tasodifan mavjud matnlarga oʻxshab qolishi mumkin. Materialni nashr etishdan oldin Foydalanuvchi uni tekshiradi.

4.5. Taqiqlar

Quyidagilar taqiqlanadi:

4.6. Huquq egasining shikoyati

Asari ruxsatsiz yuklangan deb hisoblagan shaxs manziliga yozadi va quyidagilarni koʻrsatadi: asar nomi va muallifi, huquq egasi ekanini tasdiqlovchi maʼlumot, Platformadagi material havolasi yoki tavsifi, aloqa maʼlumotlari.

Operator murojaatni 3 ish kuni ichida koʻrib chiqadi. Asoslangan shikoyatda Operator materialni yashiradi yoki oʻchiradi va Foydalanuvchini xabardor qiladi. Takroriy buzilishda Operator hisobni bloklashi mumkin.

5. Sunʼiy intellekt va material sifati

5.1. Materiallarni sunʼiy intellekt tayyorlaydi va ularda faktik, imloviy yoki metodik xatolar boʻlishi mumkin. Platformaning avtomatik tekshiruvi xatolarning yoʻqligini kafolatlamaydi.

5.2. Foydalanuvchi Materialni ishlatish (darsda, oʻqishda, topshiriqda) yoki nashr etishdan oldin uni tekshiradi va mazmuni uchun oʻzi javob beradi. Talaba yoki oʻquvchi Materialdan oʻz taʼlim muassasasining qoidalariga, shu jumladan akademik halollik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanadi.

5.3. «Faqat manbadan» rejimida sunʼiy intellektga barcha faktlarni manbadan olish topshirigʻi beriladi. Bu rejim ham Materialda manbada yoʻq maʼlumot boʻlmasligini toʻliq kafolatlamaydi.

6. Shaxsga doir maʼlumotlar

6.1. Platforma faqat hisobga kirish va xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan eng kam maʼlumotni saqlaydi (6.2-band). Telefon raqami, pasport maʼlumotlari, manzil, IP-manzil, qurilma va brauzer maʼlumotlari soʻralmaydi va yozib qolinmaydi. Google yoki Telegram orqali kirilganda u yerdagi ism koʻrinadigan ism sifatida olinadi; uni «Profil» sahifasida oʻzgartirish mumkin.

6.2. Platforma ishlashi uchun faqat quyidagi texnik maʼlumotlar saqlanadi:

MaʼlumotNima uchunSaqlanish muddati
Email manzili (email yoki Google orqali roʻyxatdan oʻtilganda)Hisobga kirish, kirish kodini yuborishHisob oʻchirilguncha
Google hisobining identifikatori (Google orqali kirilganda)Hisobga kirishHisob oʻchirilguncha
Telegram identifikatori va Telegram'dagi ism (Telegram orqali kirilganda yoki ulanganda)Hisobga kirishHisob oʻchirilguncha
Koʻrinadigan ismHisobni koʻrsatishHisob oʻchirilguncha
Bir martalik kirish kodining xeshiEmailni tasdiqlash10 daqiqa, keyin oʻchiriladi
Sessiya kalitining xeshi, kirish va tugash vaqtiKirgan holatni saqlash7 kungacha
Toʻlov soʻrovlari: tarif, summa, vaqt, holat va Telegram chat identifikatoriToʻlovni tasdiqlash, toʻlovlar tarixini koʻrsatishHisob oʻchirilguncha
Toʻlov botidagi suhbat holati: Telegram identifikatori, qaysi hisob uchun toʻlanayotgani va tilBotda toʻlov jarayonini davom ettirishKeyingi suhbatgacha yangilanadi
Tanlangan interfeys tili (cookie)Sahifa, email va bot xabarlarini shu tilda koʻrsatish1 yil, Foydalanuvchi brauzerida
Mavzular, manbalar, rasmlar, tayyor Materiallar, baholarXizmat koʻrsatishFoydalanuvchi oʻchirguncha
Generatsiyalar tarixi: material turi, sarflangan kredit, vaqtKredit hisobini yuritish, «Sarf tarixi»ni koʻrsatishHisob oʻchirilguncha
Oxirgi kunlik bonus berilgan sanaBonusni kuniga bir marta berishHisob oʻchirilguncha
«Yordam» boʻlimidagi murojaatlar va javoblarFoydalanuvchiga yordam berishHisob oʻchirilguncha
«Jonli oʻyin»da Ishtirokchi kiritgan ism yoki taxallus va javoblarOʻyinni oʻtkazishOʻyin xonasi bilan birga avtomatik oʻchiriladi, koʻpi bilan 6 soat

6.3. Foydalanuvchi va Ishtirokchilarga login va oʻyindagi ism sifatida taxallusdan foydalanish tavsiya etiladi. Foydalanuvchi manbalarga va materiallarga boshqa shaxslarning shaxsga doir maʼlumotlarini kiritmaydi (4.5-band).

6.4. Maʼlumotlar Cloudflare Inc. (AQSh) bulutli serverlarida saqlanadi. Material tayyorlash uchun mavzu, izoh va manba matni sunʼiy intellekt provayderiga yuboriladi: hozirda Google LLC (Gemini), keyinchalik Anthropic PBC (Claude) boʻlishi mumkin. Provayderga pullik API orqali murojaat qilinadi: uning shartlariga koʻra yuborilgan maʼlumotlar sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish uchun ishlatilmaydi. Mavzu badiiy asar haqida boʻlsa, asar matnini topish uchun mavzu nomi Brave Software, Inc. (AQSh) qidiruv xizmatiga yuboriladi; bunda Foydalanuvchi haqida maʼlumot yuborilmaydi. Kirish kodlari Resend, Inc. (AQSh) orqali email bilan yuboriladi. Google orqali kirishda Google LLC, Telegram orqali kirishda va toʻlov botida Telegram ishtirok etadi; toʻlov cheki rasmi Telegram serverlarida qoladi, Platforma faqat unga havolani saqlaydi.

6.5. Operator saqlangan maʼlumotlarni sotmaydi va reklama uchun ishlatmaydi. Hisobni va unga tegishli barcha maʼlumotlarni oʻchirish uchun manziliga murojaat qilinadi.

7. Javobgarlik, oʻzgartirishlar va nizolar

7.1. Operator Foydalanuvchining Materiallardan foydalanishi natijasidagi bilvosita zarar va boy berilgan foyda uchun javobgar emas. Operatorning umumiy javobgarligi Foydalanuvchi soʻnggi 30 kun ichida Operatorga toʻlagan summa bilan, bepul tarifda esa qonunda belgilangan eng kam miqdor bilan cheklanadi.

7.2. Operator ofertaga oʻzgartirish kiritishi mumkin. Yangi versiya Platformada eʼlon qilinadi; Foydalanuvchi navbatdagi kirishda uni qayta qabul qiladi. Qabul qilmasa, hisobdan foydalanish toʻxtatiladi.

7.3. Foydalanuvchi istalgan vaqtda hisobini oʻchirishni soʻrab, shartnomani bekor qilishi mumkin. Shunda uning manbalari, rasmlari va Materiallari 30 kun ichida oʻchiriladi.

7.4. Nizolar avval muzokara yoʻli bilan hal qilinadi. Kelishuvga erishilmasa, nizo Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Operator joylashgan yerdagi sudda koʻriladi.

7.5. Operator rekvizitlari: , e-pochta , telefon .

8. Tariflar va toʻlov

8.1. Material tayyorlash kreditlar bilan hisoblanadi. Har bir generatsiyaning narxi uni boshlashdan oldin koʻrsatiladi. Generatsiya muvaffaqiyatsiz tugasa, kredit yechilmaydi. Kreditlar joriy etilgunga qadar tayyorlangan Materiallar kredit hisobiga kirmaydi.

8.2. Bepul tarif: har kalendar oy (Toshkent vaqti) uchun 10 kredit. Oy davomida sarflanmagan kreditlar keyingi oyga oʻtmaydi.

8.3. Kunlik bonus: Foydalanuvchi Platformaga kirgan har bir kun uchun (Toshkent vaqti bilan) 2 bonus kredit oladi. Bonus kreditlar har qanday tarifda beriladi, yigʻilib boradi va muddati tugamaydi; ular tarif kreditlari tugagandan keyin sarflanadi. Operator bonus miqdorini oʻzgartirishi yoki bonusni toʻxtatishi mumkin va bu haqda Platformada oldindan xabar beradi; olingan bonus kreditlar saqlanib qoladi.

8.4. Pullik tariflar (narxlar soʻmda, 30 kun uchun):

TarifNarxKredit (30 kunga)
Boshlangʻich19 000100
Standart59 000250
Pro129 000600

Kreditlar tarif faollashgan kundan boshlab har 30 kunlik davr uchun beriladi; davr oxirida sarflanmagan tarif kreditlari keyingi davrga oʻtmaydi. Shu tarifni yana toʻlash muddatni 30 kunga uzaytiradi. Taʼlim muassasalari uchun «Kafedra» tarifi alohida shartnoma asosida beriladi.

8.5. Kredit narxlari: bitta mashgʻulot toʻplami koʻpi bilan 10 kredit; mavzu boʻyicha toʻliq matn hajmiga qarab qoʻshimcha 4 dan 15 kreditgacha; test savollar soniga qarab 3, 5 yoki 7 kredit. Toʻliq hajmli matn (taxminan 10 000 soʻz) faqat pullik tariflarda mavjud. Joriy narxlar «Tarif» sahifasida koʻrsatiladi.

8.6. «Jonli oʻyin»lar, Foydalanuvchi oʻzi yozgan testlar va soʻz oʻyini uchun soʻz roʻyxatlari kredit talab qilmaydi; soʻz roʻyxatlari uchun kunlik limit qoʻllanadi.

8.7. Toʻlov: pullik tarif Platformaning Telegram boti orqali toʻlanadi: Foydalanuvchi koʻrsatilgan rekvizitlarga toʻlov qiladi va chekni botga yuboradi. Operator toʻlovni tekshirib tasdiqlaganidan keyin tarif faollashadi. Toʻlov tasdiqlanmasa, Foydalanuvchi bot orqali xabardor qilinadi.

8.8. Narxlarning oʻzgarishi: Operator tarif narxlari va kreditlar sonini oʻzgartirishi mumkin; yangi narxlar Platformada eʼlon qilingan paytdan amal qiladi. Allaqachon toʻlangan davr uchun shartlar oʻzgarmaydi.

8.9. Toʻlovni qaytarish: toʻlangan summa qaytarilmaydi. Tarif toʻlangan muddat oxirigacha amal qiladi.

8.10. Operator xizmatni suiisteʼmol qilishga (masalan, avtomatlashtirilgan soʻrovlar yoki bir shaxsning koʻp hisob ochishi) qarshi cheklov qoʻyishi va bunday hisoblarni 3.3-bandga muvofiq bloklashi mumkin.